BRIKS’ga yana bir davlat qo‘shildi

eʼlon qilindi
Tashkilot aʼzolari soni oʻntaga yetdi
Foto: Unsplash

Saudiya Arabistoni BRIKS tashkilotiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi mamlakat davlat televideniyesiga tayanib.

Avvalroq, davlat hokimiyati organlari barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, 1-yanvar kuni tashkilotga qo‘shilish istagini bildirgan edi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon BRIKS iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun «samarador va muhim kanal» ekanligini aytdi.

BRIKS davlatlararo birlashma boʻlib, unga Saudiya Arabistonidan tashqari Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya kiradi. Tashkilot 2006-yilda tashkil topgan.

Avvalroq, «Kursiv» Pokiston 2024-yilda BRIKSga qo‘shilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek