Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda

eʼlon qilindi
Meteoxizmat prognoziga ko'ra
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida 4—5-yanvar kunlari havo harorati kechasi 0…+5°, kunduzi +10…+15° boʻlishi kutilmoqda, deb xabar qildi Oʻzgidromet.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham xuddi shunday ob-havo kuzatiladi.

6 yanvar kuni ushbu hududlarda havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +12…+17° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Sinoptiklar, shuningdek, shamol tezligi 13-18 m/s gacha yetishini taxmin qilmoqda. Bofort shkalasiga ko’ra, bunday shamol «kuchli» deb ataladi. Shamol shoxlarni egib, katta daraxtlarni silkitishi mumkin. Shamolga qarshi yurish qiyinlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni Toshkent viloyatida havo harorati kunduzi +8…+13° bo‘lgan.

Shuningdek