ILMA Binance kriptobirjasini jarimaga tortdi

eʼlon qilindi
102 mln so‘mga
Foto: IrynaBudanova/Depositphotos

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Binance kriptobirjasiga jarima soldi.

Agentlik qayd etishicha, savdo maydonchasi O‘zbekistonda faoliyati taqiqlanganiga qaramay, mamlakat fuqarolariga xizmat ko‘rsatgan. Shuningdek, Binance yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tkazmagan va mamlakatimizda serverlarni joylashtirmagan.

ILMA ma’lumotlariga ko’ra, kriptobirja respublikadagi faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha choralar ko‘rmagan.

Binance tomonidan boshqa qoidabuzarliklar qatoriga O‘zbekiston Respublikasining kriptoaktivlar sohasidagi qonunchiligining buzilishi va O‘zbekiston bankida ustav kapitalining yo‘qligi kiradi.

Shundan kelib chiqib, savdo maydonchasi 300 ta asosiy hisoblash miqdori yoki 102 million so‘m miqdorida jarima to‘lashi shart.

Eslatib o‘tamiz, Binance va boshqa global kriptobirjalar O‘zbekistonda 2022-yilning yozidan boshlab bloklangan.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil noyabr oyida Binance mijozlari birjadan kuniga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni yechib olishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek