O‘zbekistonda hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Sinoptiklar kuchli shamol bo‘lishini ham taxmin qilishmoqda
Foto: Piqsels

7-yanvar, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Bu hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +7…+12° bo‘ladi.

Bundan tashqari, 8-yanvar kuni kechasi 0…+5° gacha, kunduzi +5…+10° gacha salqin bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatida 6-yanvar kuni kechasi +2…+7°, kunduzi +12…+17° iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek