O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi rahbari etib kim tayinlandi

eʼlon qilindi
Bo'shqarmaning sobiq boshlig'i Polshaga elchi bo'ldi
Foto: UzA

Sherzod Abdunazarov O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi rahbari etib tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Abdunazarov tayinlanishidan oldin Istanbul diplomatik missiyasida konsul bo‘lib ishlagan.

Istanbul Bosh konsulligining sobiq rahbari Amirsaid Agzamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlandi.

Abdunazarov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan.

2007-yildan o‘sha paytdagi O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

Avvalroq, «Kursiv» Samarqandda Rossiya Bosh konsulligi ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek