UzAuto Motors avtomobillarni topshirishni to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Diler markazlarida inventarizatsiya tufayli
Foto: UzAuto Motors

Chevrolet dilerlik markazlari 4-yanvardan 8-yanvarga qadar rejalashtirilgan inventarizatsiya tufayli avtomobillarni topshirishni toʻxtatdi, deb xabar berdi UzAuto Motors.

Tekshiruv yakunlangach, dilerlar mijozlarga avtomobillarni berishda davom etadi. Kompaniya inventarizatsiyadan o‘tkazilgan markazlar ro‘yxati UzAuto Motors’ning rasmiy kanallarida e’lon qilinishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 25-dekabrdan 27-dekabrga qadar avtomobil sotib olish bo‘yicha 171 mingdan ortiq shartnoma tuzilgan. Ushbu avtomobillar joriy yilda chiqariladi.

Avvalroq, «Kursiv» UzAuto Motors olib-sotarlardan shartnoma xarid qilmaslikka chaqirganini yozgan edi.

Shuningdek