O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida qancha oltin sotdi

eʼlon qilindi
Foto: TaraPatta / depositphotos.com

Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki o‘tgan yilning noyabr oyida dunyodagi eng ko‘p oltin sotuvchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Markaziy bank 11 tonna oltin sotgan va sotish bo‘yicha yetakchiga aylangan edi.

Noyabr oyida regulyator 11 tonna qimmatbaho metal sotgan, undan keyin Qozog’iston Markaziy banki 3 tonna sotgan.

Turkiya Markaziy banki shu vaqt ichida eng ko’p oltin sotib oldi – 25 tonna. Shuningdek, kuchli uchlikdan Polsha – 19 tonna va Xitoy – 12 tonna sotib olishgan.

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 32,8 mlrd dollar, noyabrda esa 32,9 mlrd dollarga baholangan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston o‘tgan yilning 11 oyida 8,1 mlrd dollarlik nomonetar oltin eksport qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek