Uzbekistan Airways aviakompaniyasi SITA Mission Watch meteorologik tizimini joriy qiladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi texnologiya yomon ob-havo bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish orqali har yili 600 ming dollardan ortiq mablag’ni tejashga yordam beradi, shuningdek, yoqilg‘i sarfini 300 tonnaga kamaytiradi.
SITA Mission Watch talqin qilish va qaror qabul qilish osonlashtirish uchun muhim ob-havo hodisalari haqida ma’lumot joylashtirilgan grafik optimallashtirilgan formatda parvoz yo’nalishlari va tegishli hodisalarni tahlil qiladi.
Dastur aviakompaniyaga marshrutlarni rejalashtirish va parvozlarni bekor qilish holatlarini boshqarishga yordam beradi, shuningdek, parvozlarning xavfsiz va o’z vaqtida yetib borishini ta’minlash uchun o’zgarishlarga tezkor javob berishga imkon beradi.
Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston yoshlari uchun chegirmalar e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.