Buxoro viloyatida sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar oshiriladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Yangi tariflar 15-yanvar sanasidan boshlab amal qiladi
Foto: Unsplash

Joriy yilning 15-yanvar sanasidan boshlab Buxoro viloyatida sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar oshiriladi. Tariflar isteʼmolchilar toifasiga qarab oʻzgaradi.

Endilikda aholi vakillari 1 kub metr ichimlik suvi uchun 3,1 ming soʻm, byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar 7,84 ming soʻm haq toʻlaydilar. Issiqlik taʼminoti korxonalari va masjidlar uchun tarif 3 472 soʻm deb belgilangan.

Aholi vakillari uchun texnik suv narxi 1 kub metr uchun 1,5 ming soʻmni, boshqa isteʼmolchilar uchun esa 1,68 ming soʻmni tashkil etadi.

Aholi uchun kanalizatsiya xizmatlari narxi 1 kub metr uchun 2,8 ming soʻm, ulgurji isteʼmolchilar va davlat tashkilotlari uchun 5 376 soʻm etib belgilangan. Issiqlik taʼminoti korxonalari va masjidlar uchun belgilangan tarif 3 136 soʻmni tashkil qiladi.

«Damxoʻja suv taʼminoti» kompaniyasi sovuq suvni aholi vakillari bilan bir qatorda suv taʼminoti tashkilotlariga ham 1 kub metr uchun 650 soʻm narxida yetkazib beradi. Boshqa turdagi kompaniyalar uchun belgilangan tarif 1,5 soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida poytaxtda ham suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar oshirilgan edi.

Shuningdek