Dollarning kursi 12 400 so‘m darajasiga yaqinlashib qoldi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 6,08 so‘mga ko‘tarildi
Foto: benscripps / Pixabay

8-yanvar kuni dollarning kursi 12 400 so‘m darajasiga yaqinlashdi. Bugun O‘zbekiston valyuta birjasida uning qiymati 6,08 so‘mga ko‘tarildi va 12 390,08 so‘mni tashkil qildi.

Respublika tijorat banklari AQSh valyutasini 12 320 – 12 370 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 400 – 12 445 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 6-yanvar kuni o‘zbek valyutasiga nisbatan dollarning narxi 28,84 so‘mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek