Elena Maltseva Korzinka moliyaviy direktori etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu lavozimni avvalroq Rud Pedersen egallagan
Foto: Korzinka matbuot xizmati

Yelena Maltseva Korzinka supermarketlar tarmog‘ining moliyaviy direktori etib tayinlandi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

U byudjetni boshqarish va chakana sotuvchining uzoq muddatli moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar bo’ladi.

Tayinlanishidan oldin u Rossiyaning «Lenta» gipermarketlar tarmog’ida moliyaviy direktor bo’lib ishlagan, shuningdek, «Billa» chakana savdo tarmog’ida ham xuddi shunday lavozimda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Korzinkadagi moliya direktori lavozimini avvalroq shu yilning yanvar oyi boshidan kompaniya bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Rud Pedersen egallab kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» IFC Oʻzbekistonning «Korzinka» riteyleriga 25 million dollar ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek