Orol dengizining tubiga saksovul ekiladi

eʼlon qilindi
Oʻsimlik urugʻlari samolyotlar yordamida sepiladi
Foto: vjSniper / depositphotos.com

Joriy yilda Oʻzbekiston FVV mutaxassislari tomonidan Orol dengizining suvi qurigan tub hududiga saksovullar ekiladi. Oʻsimlik urugʻlari hudud boʻylab aviatsiya yordamida sepib chiqiladi, deyiladi vazirlik saytida.

FVVning qayd etishicha, oʻsimlik urugʻlari soʻnggi haftalarda ekishga tayyorlangan. Yaqin kunlarda ularni ekish mavsumi boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish dasturi 2018-yilda boshlangan edi.

Avvalroq, «Kursiv» BMT Orolboʻyini ekologik innovatsiyalar hududi deb eʼlon qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek