
O‘zbekiston va Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘quv-mashg‘ulot matchi mamlakatimiz sportchilarining g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Uchrashuv 7-yanvar, yakshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik futbolchilar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Gol Bobur Abduxoliqov hisobiga yozildi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingidagi o‘rnini yaxshilagani haqida yozgandi.