Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi reytingida ayol qilichbozlar qaysi o’rinlarni egallaydi

eʼlon qilindi
FIE reytingi yangilandi
Foto: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) tomonidan 2024-yil yanvar oyi uchun sportchilarning yosh toifalari bo‘yicha yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Vakillarimizdan Dilnaz Murzataeva 131.5 ochko shpaga bo‘yicha va Fernanda Errera 166 ochko sablya yo‘nalishida reytingda birinchi o‘rinni egallashdi.

Yigitlardan shpaga’da Meyirhan Timurov 49 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sablya‘da Islombek Abdazarov 119,5 ochko bilan va Azizbek Dauletnazarov 116,2 ochko yig‘ib uchinchi va to‘rtinchi pog‘onadan joy olishgan.

Jamoa dasturlari bo‘yicha ham qilichboz yigitlar birinchi, qizlar ikkinchi o’rinni egalladi. Shpaga yo‘nalishida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rinda.

Avvalroq, «Kursiv» qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek