Toshkentda Paynet operatorlarini aldagan firibgar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
U karta hisobini to‘ldirib, naqd pulni bermay qochib ketgan
Foto: Toshkent IIB

Toshkentda Kamron Xusanov talonchilikda ayblanib qo‘lga olindi, deb xabar berdi poytaxt IIB.

Qo‘lga olingan shaxs «Paynet» to‘lovlarni qabul qilish punktlarida bank kartasi hisobini to‘ldirib, naqd pulni bermay qochib ketgan.

Bunday holatlardan biri joriy yilning yanvar oyi boshida sodir bo‘lgan. Xusanov Paynet operatoridan kartaga 682 ming so‘m o‘tkazishni so‘rab, pulni bermay, to‘lovni qabul qilish punktidan qochib ketgan.

Video: Telegram-channel Tashkent Land

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda tovlamachilik va narkotik moddalar savdosida gumonlanganlar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek