Apple fevral oyida aralash reallik garniturasini sotuvga chiqaradi

eʼlon qilindi
Vision Pro qurilmasining narxi $3 mingni tashkil etadi
Foto: Apple

Apple kompaniyasidan aralash (boyitilgan va virtual) reallik garniturasi – Vision Pro 2-fevral kuni sotuvga chiqariladi, deb xabar berdi Le Figaro nashri.

Gadjetning narxi $3499 ni tashkil etadi, uni maxsus doʻkonlar va internet orqali xarid qilish mumkin. Ilk bosqichda xaridorlarga milliondan ortiq ilova hamda videooʻyinlarga kirish imkoniyati taqdim etiladi.

«Kursiv» «Vision Pro» gadjetining ikki soat mobaynida uzluksiz ishlashi mumkinligi haqida avval ham yozgan edi. Garnitura koʻzlar, qoʻl harakatlari yoki Siri ovoz yordamchisi koʻmagida boshqariladi.

Gadjetga 12 ta kamera, 6 ta mikrofon va 5 ta datchik ilova qilingan. U Apple R1 yordamchi chipi va M2 protsessori bilan ishlaydi.

Shuningdek