Bugun Oʻzbekistonda tumanli ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Yogʻingarchilik kutilmaydi
Bugun, 9-yanvar kuni Oʻzbekiston boʻylab tumanli ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Havo harorati 10-15 darajani tashkil etadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida harorat 12-14 darajaga yetadi, yogʻingarchilik ehtimoli mavjud emas.
Avvalroq, «Kursiv» 5-9-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilingani haqida yozgandi.