O‘zbekistonda bolalar uchun nosog‘lom oziq-ovqat va ichimliklar reklamasiga nisbatan cheklovlar kuchaytiriladi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
«Aholi salomatligi» loyihasiga ko‘ra, respublika 2026-yilga borib bolalarda semirishni 30%ga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, maktab va bog‘chalar sog‘lom oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Boshqa tashabbuslar orasida ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlash kiradi. Ro‘yxatga shakar, tuz va transyog‘lari yuqori bo’lgan ovqatlar joy olgan.
Bundan tashqari, bolalar uchun to’g’ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiena bo’yicha tavsiyalar to’plamini ishlab chiqishmoqchi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 2024-yil aprel oyi boshidan energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etilishini yozgan edi.