Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Musobaqa fevral oyi boshida bo'lib o'tqaziladi
Foto: Piqsels

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

Musobaqa 2-10 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning eng kuchli sportchilari, jumladan, jahon chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raevlar ishtirok etadi.

MOQ Osiyo chempionatida sportchilar Parijdagi Olimpiada yo‘lida reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek