2023-yilda 13 milliondan ortiq kishi Haj ziyoratini ado etdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Jiddadagi anjumanda ma’lum qilindi
Foto: Piqsels

2023-yilda 13 milliondan ortiq kishi Haj ziyoratini ado etdi. Bu raqam Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Haj va Umra anjumanida ma’lum qilindi.

Tadbirda dunyoning 80 ta davlatidan din arboblari, ziyorat tashkilot qiluvchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robiyaning taʼkidlashicha, bu yil ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar soni 44 mingdan 120 ming kishiga koʻtariladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda Umra xizmatlari narxi arzonlashishi haqida yozgan edi.

Shuningdek