Fransiya hukumati mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir qoʻliga oʻtdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Gabriel Attal ayni vaqtda 34 yoshda
Foto: AFP 2024 / EMMANUEL DUNAND

Fransiya taʼlim vaziri Gabriel Attal mamlakatning yangi bosh vaziri boʻldi. 34 yoshli hukumat rahbari Fransiya tarixida ushbu lavozimni egallagan eng yosh siyosatchiga aylandi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Attalning bosh vazir lavozimiga tayinlanishini izohladi va unga yangi hukumat tarkibini shakllantirishni buyurdi.

«Men eʼlon qilgan qayta qurollanish va yangilanish loyihasini amalga oshirish uchun gʻayratingiz va qiziqishingizga ishonishim mumkinligini bilaman. 2017-yil ruhiga mos ravishda aytamanki, millat hamda fransuz xalqi uchun xizmatda oʻzingizdan oʻzib keting va jasorat koʻrsating», deb yozdi Makron X ijtimoiy tarmogʻida.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 8-yanvar kuni Fransiya hukumatini 2022-yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgan Elizabet Born isteʼfoga chiqdi.

Shuningdek