Kim Chen In Janubiy Koreyani ashaddiy dushman deb atadi

eʼlon qilindi
U Janubiy Koreyani ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyatlarga sababchi bo‘lishda ayblamoqda
Foto: KCNA

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani KXDRning ashaddiy raqibi va dushmani deb atadi. Bu haqida KXDR markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.  

Kim Chen In mamlakatning «urushga tayyorlik darajasi»ni oshirish va uning izchilligini ta’minlash uchun harbiy sanoat taraqqiyotining aniq yo‘nalishini belgilab olish zarurligini ta’kidladi. Mamlakat yetakchisi shuningdek, mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilgani, Shimoliy Koreya katta qudratga ega bo‘lishi lozimligi, shuningdek qurol-yarog‘ hajmini ko‘paytirish o‘ta muhim ekanligini qayd etdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreyani mamlakatning ashaddiy dushmani deb atadi va uni ikki mamlakat o‘rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarishda aybladi. Bundan tashqari, asosiy e’tiborni mamlakat mudofaasini yaxshilash va yadroviy urushdan saqlaydigan kuchlarni rivojlantirishga qaratish kerakligini qayd etdi.  Kim Chen In Janubiy Koreya insoniyatning tinchlik tomon intilishiga to‘sqinlik qiluvchi qarama-qarshilik siyosatining xato ekanligini tushunib yetmagunicha, KXDRning unga qaratilgan amaliy harakatlari davom etishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, «Kursiv» Kim Chen In ballistik raketa ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi, deb yozgan edi.

Shuningdek