O‘zR Salimboy bilan muzokara olib borgan qirg‘izistonlik deputatga nisbatan jinoiy ish ochdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi
Foto: KirTAG

O‘zbekiston qirg‘izistonlik deputat Emil Jamg‘irchievga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar berdi 24.kg.

Mamlakatimiz rasmiylari qirg‘izistonlikni firibgarlikda va chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblamoqda.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Jamg‘irchiev Salim Abduvalievdan (Salimboy) Qirg‘iziston rasmiylari o‘rtasida tartib o‘rnatishga yordam berishni so‘ragan. Biroq o‘zbekistonlik tadbirkorning ta’kidlashicha, uning vakolatlari qo‘shni davlatga o‘tmaydi.

Deputat Abduvalievning yordamchisiga tegishli mehmonxonada turar joy uchun ham pul to‘lamagan.

Bir kun avval Yuqori Kengashining parlament komissiyasi Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortish tashabbusini ma’qullagan edi.

Emil Jamg‘irchiev 1982-yilda Bishkekda tug‘ilgan. 2022-yildan Qirgʻiziston Yuqori Kengashning «Alyans» partiyasini deputati. Shuningdek, u Qonunchilik, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurash qo‘mitasining a’zosi.

Avvalroq, «Kursiv» Salim Abduvaliev o‘tgan yilning dekabrida O‘zbekistonda hibsga olingani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek