Qatarning yirik kompaniyasi Toshkentda shifoxona quradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Muassasa 300 kishi uchun moʻljallanadi.
Foto: OʻzR Prezident matbuot xizmati

Qatarning «Power International Holding» konglomerati Toshkent shahrida shifoxona quradi. Loyihani amalga oshirish boʻyicha zaruriy birlamchi hujjatlarni tayyorlash yanvar oyining oxirigacha yakunlanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Ushbu masala Oʻzbekistonning Qatardagi elchixonasi vakillari va «Elegancia Healthcare» kompaniyasining tijorat ishlari boʻyicha direktori Desmond Donelli oʻrtasida muhokama qilingan.

300 oʻrinli koʻp tarmoqli tibbiy muassasa davlat va xususiy sektor hamkorligi doirasida barpo etiladi.

Loyihaning ilk bosqichida «Elegancia Healthcare» kompaniyasiga 4 nafar oʻzbekistonlik mutaxassis ishga qabul qilinadi. Bundan tashqari, kompaniyaning Qatarda joylashgan «The View Hospital», «Military Medical City» va «Hopital Algero Qatari Alleman» klinikalariga ham ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan oʻzbekistonlik shifokor va hamshiralarning ishga joylashishlari mumkin boʻladi.

Avvalroq, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Power International Holding» boshqaruv raisi bilan hamkorlik koʻlamini kengaytirish masalasida kelishib olgani maʼlum boʻlgandi. Tomonlar avtomagistrallar qurish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalarini muhokama qilganlar.

Shuningdek