11-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan
Foto: Depositphotos

11-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, xususan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir, shimol va cho‘l hududlarida esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqida «O‘zgidromet» ma’lum qildi.   

Toshkent shahrida havo harorati 7-9 darajani tashkil etadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Havo harorati 0-5 darajani tashkil etadi.

Shuningdek