Oʻzbekiston YeIga eksport hajmini 4 barobarga oshirdi

eʼlon qilindi
Bunda GSP preferensiyalari muhim rol oʻynagan.
Foto: Unsplash

2019-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekistondan Yevroittifoqqa eksport hajmi 4 barobarga – 450 million yevrogacha oshdi. Bu haqida YeIning Oʻzbekistondagi delegatsiyasi maʼlum qildi.

Bunday koʻrsatkichga erishishda GSP preferensiyalari savdo tizimi muhim ahamiyat kasb etgan.

YeIning Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrianning aytishicha, eksportchilar uchun berilgan Yevropa preferensiyalari Oʻzbekistondagi biznes rivojiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatgan.

Mazkur tizim tufayli Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish hajmi 2022-yilda $177,4 million, kimyoviy mahsulotlar eksporti hajmi esa $138 millionga oshgan.

Avvalroq, «Kursiv» 2021-yilda Buyuk Britaniya Oʻzbekistonga GSP Enhanced Framework benefisiari maqomini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek