O‘zbekistonda firibgarlar tomonidan o‘g‘irlangan pullar jabrlanuvchilarga qaytarildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda «Kursiv»ga Universalbank kuzatuv kengashi raisi ma’lum qildi
Foto: Vladimir991 / depositphotos.com

Kiberfiribgarlikdan jabr ko‘rgan fuqarolarga kartalaridan o‘g‘irlangan pullar qaytarildi. Bu haqda «Kursiv»ga Universalbank kuzatuv kengashi raisi Anvar Irchayev ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 2023-yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan. Firibgarlar Unired ilovasi orqali O‘zbekiston fuqarolarining kartalaridan yuzlab million so‘mlarni o‘g‘irlab ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Anvar Irchaevning so‘zlariga ko‘ra, 13 nafar fuqaroga bank hisobidan o‘g‘irlangan pul mablag‘lari qoplangan. Ammo bu ish bo’yicha tergov hali ham davom etmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» firibgarlar O‘zbekiston fuqarolariga aldov yo‘li bilan kredit rasmiylashtirib, pulni o‘zlari uchun olishni o‘rganganini yozgan edi. Oqibatda firibgarlarning qurbonlari banklarga katta miqdorda qarzdor bo‘lib qolishdi. Markaziy bank o‘zbekistonliklar sharlatanlarning yo‘lg‘onlariga qanday tushib qolganiga misollardan birini aytib berdi.

Shuningdek