Saudiya Arabistoni kompaniyalari O‘zbekistonnig o‘g‘itlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu azotli va kaliyli o'g'itlarga tegishli
Foto: «Dunyo»

Saudiya kompaniyalari O‘zbekistondan o‘g‘it yetkazib berishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Saudiya Arabistonining chorvachilik uchun ozuqa yetishtiradigan korxonasi UFMC va oziq-ovqat va uglevodorodlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Muhaidib Group kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish bildirdi.

Har ikki kompaniya karbamid, azot va kaliyli o‘g‘itlarni o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilardan xarid qilishni rejalashtirgan.

Bu masalani O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov mazkur kompaniyalar vakillari bilan muhokama qildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Qirg‘izistonga o‘g‘it yetkazib berishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek