Turkiyada odam savdosi bilan shugʻullangan oʻzbekistonlik ayol qoʻlga olindi

eʼlon qilindi
U xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan mashhur boʻlgan.
Foto: O’zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

Oʻzbekiston va Turkiyaning huquq-tartibot idoralari xodimlari xalq orasida «Madam Klod» taxallusi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qoʻlga oldilar. Bu haqida Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.

Mirxanova odam savdosi bilan shugʻullanishda ayblanmoqda. U 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Diplomatik missiya ayblanuvchining xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan oʻzbekistonlik fuqarolarni Bosh konsulxona yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishga chaqirdi.

Turkiyaning «Haberler» nashri bergan maʼlumotlarga koʻra, Mirxanova Chanoqqalʼa viloyatining Ayvajik tumanida qoʻlga olingan. Qayd etilishicha, «Madam Klod» xalqaro qidiruvda boʻlgan.

Avvalroq, «Kursiv» Turkmanistonda Baxti Tashkentskiyning sherigi qoʻlga olingani haqida yozgandi.

Shuningdek