12-yanvar kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

eʼlon qilindi ( yangilandi)
“Oʻzgidromet” 12-yanvar kuni uchun ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Foto: Depositphotos

12-yanvar kuni Oʻzbekiston hududi boʻylab havo harorati 9-14 daraja iliq boʻladi, shimoliy hududlarda 0-5 darajagacha pasayishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

Faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir va qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi.

Toshkent shahrida tumanli ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-12 darajani tashkil etadi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Havo harorati 4-9 daraja iliq boʻladi.

Shuningdek