Dunyodagi eng qimmat kompaniya qaysi?

eʼlon qilindi
Ikki texnologik gigant yetakchilik uchun oʻzaro kurashmoqda
Foto: Piqsels

Dunyodagi eng qimmat kompaniyalar reytingida koʻp yillardan buyon birinchilikni boshqalarga bermay kelayotgan texnologik gigant – «Apple» kompaniyasi yetakchiligi xavf ostida. «Microsoft» kompaniyasi reytingning eng yuqori oʻrniga tobora yaqin kelmoqda. Kompaniya oʻtgan haftaning yakshanba kuni «Apple»ni qisqa vaqtga ortda qoldirdi, ammo kechga yaqin vaziyat avvalgi holiga qaytdi, deb xabar bermoqda «SkyNews».

«Apple» kompaniyasi aksiyalari qiymati Nyu-York fon birjasida 1 foizga tushgan. Aynan shu vaqtda «Microsoft» kompaniyasi narxi 2,87 trillion dollargacha koʻtarilgan. Bu esa «Microsoft»ga azaliy raqibidan oʻzib ketishga imkon berdi. Biroq kun soʻngida «Apple» yetakchilikni raqibidan qaytarib olgan.

Maʼlumotlarga koʻra, «Microsoft» bunday natijaga sunʼiy intellekt (SI) ni rivojlantirish uchun tikilgan sarmoyalar hisobiga erishgan.

Avvalroq, «Kursiv» mashhur texnologik gigantlar SIni rivojlantirishga eʼtibor qaratgan asosiy sarmoyadorlar boʻlgani haqida yozgandi. «Microsoft», «Google» va «Amazon» soha rivoji uchun oʻrtacha 17 milliard dollar ajratgan.

Shuningdek