O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidan tovar birjasi orqali shakar sotib olishga qiziqish bildirmoqda

eʼlon qilindi
Qozog‘iston ham qiziqmoqda
Foto: Unsplash

Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Viktoriya Abramchenko RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Oʻzbekiston Milliy tovar birjasi (NTB) orqali shakar xarid qilishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

Qozog‘iston ham ushbu mahsulotni savdo maydonchasi orqali yetkazib berishga qiziqish bildirmoqda.

Abramchenkoning qo‘shimcha qilishicha, ikkala Markaziy Osiyo davlati ham Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy xaridorlari qatoriga kiradi.

NTB 2002-yilning yozida asos solingan va Moskva birjasining bir qismidir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari, shuningdek, shakar va boshqa tovarlarning spot savdolari savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi bozorini o‘rganish instituti eksperti Evgeniy Ivanovning aytishicha, o‘tgan yil noyabr oyining birinchi yarmida O‘zbekiston Rossiyadan 5 ming tonnaga yaqin shakar import qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya O‘zbekistonga shakar xomashyosi eksportini oshirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek