O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini import qiluvchilarga bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Vazirlar mahkamasi ushbu qarorni qabul qildi
Foto: AJ «Hududiy Elektr Tarmoqlari»

O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) importi uchun bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda mamlakat hukumati qarori qabul qilingan.

Imtiyozlar qayta tiklanadigan energiya manbalarini import qilishda qo’llaniladi: asbob-uskunalar, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.

QTEM uch yildan ortiq import qilib kelayotgan va bojxona to‘lovi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarayotganlar uchun bu muddat olti oygacha oshiriladi.

1-martdan boshlab texnik hujjatlari yoki yorlig‘ida «A», «B», «C» va «D» klasslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmagan quyosh batareyalarini xorijdan olib kirish taqiqlanadi. Ushbu klasslar uskunaning sifatini aks ettiradi.

Endi quyosh panellari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlashni talab qiladigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Buning uchun laboratoriya tashkil etiladi.

Avvalroq, «Chegarasiz daryolar» ekologik koalitsiyasi ekspertlari Markaziy Osiyo gidroenergetikaga sarmoya kiritish masalasini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan edi.

Shuningdek