Toshkentda bank kartasidan yarim mlrd so‘mga yaqin pul o‘g‘irlab ketildi

eʼlon qilindi
Firibgarlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Toshkent shahrida noma’lum shaxslar bank kartasidan 460 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi O‘zR IIV matbuot xizmati.

Foto: Videodan lavha

Maʼlum boʻlishicha, jinoyatchimar shaxsiy ma’lumotlarni bilib, mobil ilova orqali pul oʻtkazgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zR Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, qo‘lga olinganlarning boshqa o‘g‘irliklarda ishtirok etgan-bo‘lmagani ham tekshirilmoqda. Markaziy Ichki ishlar boshqarmasining qoʻshimcha qilishicha, gumonlanuvchilarning harakatlaridan jabrlanganlar 71 206 49 44 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Foto: IIB matbuot-xizmati

Avvalroq, «Kursiv» kiberfiribgarlik qurboniga aylangan odamlar bank kartalaridan o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarishga muvaffaq bo‘lganini yozgan edi. Bu haqda «Universalbank» kuzatuv kengashi raisi Anvar Irchayev ma’lum qilgan.

Shuningdek