Toshkentda ikkita Telegram kanali administratorlari qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
Tovlamachilik va pornografiyani tarqatishgani uchun
Foto: alexraths / depositphotos.com

Mirzo Ulug‘bek tuman sudi «Hello Tashkent» va «Salom Tashkent» Telegram kanallari administratorlariga hukm chiqardi. Ayblanuvchilar qator jinoyatlar, jumladan, pornografiya tarqatish uchun ozodlikdan mahrum etildi, dedi O‘zbekiston Oliy sudi jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov.

«E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq guruh aʼzolariga 3 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Belgilangan Telegram kanallari bloklanadi.

Kanal administratorlariga nisbatan O’zR Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan ish ko’rib chiqildi: 130-modda (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) 2-qismi «b» bandi, 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismi «a», ”g” bandlari, 140-moddasi (Haqorat qilish) 2-qismi, 141-3-moddasi (Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) 2-qismi «b», «v» bandlari va 165-moddasi (Tovlamachilik).

May oyida «Kursiv» ushbu Telegram kanallari administratorlari hibsga olingani haqida yozgan edi. Ular intim video va suratlarni internetga joylashtirgani, so‘ng videodagi insonlarni materiallarini olib tashlash uchun pul undirganligi ma’lum qilingan.

Shuningdek