Toshkentdagi tumanlardan birida ikki ko‘cha to‘sib qo‘yildi

eʼlon qilindi
Ikki kunga
Foto: Piqsels

Toshkentning Yunusobod tumanida Binkat va Rixsiliy ko‘chalari to‘sib qo‘yildi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.

Bunga drenaj va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari sabab bo’ldi, dedi hokimlik.

«Shu ishlar doirasida, poytaxtimizning Binkat ko’chasi to’liq, Rixsiliy ko’chasi 2024-yil 12-yanvar soat 10:00 dan 14-yanvar 21:00 gacha qisman yopildi», — deyiladi shahar hokimiyati xabarida.

Ta’mirlash ishlari davomida avtotransport vositalari harakati Rixsiliy ko’chasining bir tomonida amalga oshiriladi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentning ikki tumanida elektr tarmog‘idagi ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi o‘chirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek