Qozog‘iston Yevroosiyo banki O‘zbekistonda litsenziya oldi

eʼlon qilindi
Qaror O‘zR Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilindi
Foto: Yevroosiyo banki

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan Toshkent shahridagi Yevroosiyo banki aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Bunday qaror Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, bankga mamlakat moliya bozorida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Qozog‘iston Yevroosiyo banki O‘zbekiston Markaziy bankiga respublika hududida sho‘ba korxonasini ochishga dastlabki ruxsatnoma olish uchun 2022-yil dekabr oyida ariza topshirgan edi. Moliya instituti boshqaruvi raisi Lyazzat Satieva aytishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va talabning ortishi bilan chakana kreditlashda kuchli raqobat mavjud. Yevroosiyo banki bozor ehtiyojlarini qondirish maqsadida raqamli bank mahsulotlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga intiladi.

Yevroosiyo banki O‘zbekistonning 36-banki va respublika bozoridagi Tenge Bankdan (Halyk sho‘ba korxonasi) keyingi Qozog‘istonning ikkinchi moliya institutiga aylandi.

Shuningdek