Apple Siri yordamchisi uchun javob beruvchi boʻlimni yopmoqchi

eʼlon qilindi
Kompaniya uni Ostin shahriga koʻchirishga qaror qilgan.
Foto: Unsplash

Amerikaning «Apple» kompaniyasi «Siri» ovozli yordamchisining imkoniyatlarini yaxshilash ustida ish olib borayotgan jamoa ofisini yopishga qaror qildi. Bu haqida «Bloomberg» agentligi xabar bergan.

Xodimlar Amerikaning San-Diego shahrida faoliyat olib borganlar va «Siri» yordamchisini ivrit, ingliz, ispan, portugal, arab hamda fransuz tillarida rivojlantirish uchun masʼul hisoblanganlar.

«Apple» rahbariyati boʻlimni Ostin shahriga koʻchirishga qaror qilgan. Agar xodimlar fevral oyi oxirigacha yangi shaharga koʻchib oʻtish masalasida qatʼiy qaror qabul qilmasalar, ishsiz qolishlari mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, ofisning boshqa shaharga koʻchirilishi boʻlim xodimlari uchun kutilmagan yangilik boʻlgan.

Bu bir necha oʻnlab xodimlarning kompaniyani tark etishlariga olib kelgan. San-Diego shahrida umumiy hisobda 121 nafar xodim ishlagan.

Avvalroq, «Kursiv» «Apple» kompaniyasi fevral oyida aralash reallik garnituralarini sotuvga chiqarishi haqida yozgandi.

Shuningdek