Frederik X Daniyaning yangi qiroli bo’ldi

eʼlon qilindi
Uning onasi Margrete II taxtdan voz kechdi
Foto: «RIA Novosti»

55 yoshli Frederik X onasi Margrete II taxtdan voz kechganidan so‘ng Daniyaning yangi qiroli bo‘ldi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Margrete II Daniya xalqiga yangi yil murojaatida taxtdan voz kechishini e’lon qildi. U mamlakatni 52 yil boshqargan.

Margrete II Glyuksburglar oilasining vakili. Bu oilaning monarxlari Daniyani 1863 yildan beri boshqarib keladi.

Avvalroq «Kursiv» Mashaal Al-Jobir Al Ahmed Al Saboh Quvaytning yangi amiri bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek