FVV Sergeli tumanidagi do‘konlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inga izoh berdi – video

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Foto: Videodan skrinshotlar

FVV 15-yanvar kuni Sergeli tumanidagi do‘konlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlarini ma’lum qildi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, yongʻin haqida mahalliy favqulodda vaziyatlar boʻlimiga soat 14:56 da xabar qilingan. Qanora koʻchasida joylashgan doʻkon yongan. Inshoot yengil metall konstruksiyalardan qurilgan edi.

Soat 15:01 da to‘rtta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi sotuv joyiga yetib kelishdi va 11 daqiqa ichida yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Shuningdek