Yangiliklar

Musulmonlar Niderlandiyada Qur’onni yoqib yuborilishining oldini olishdi

Aksiyani PEGIDA harakati vakili o‘tkazmoqchi edi
Foto: Piqsels

Niderlandiyadagi islomga qarshi PEGIDA harakati davlat bo‘limi rahbari Edvin Vagensveld Qur’onni yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Ammo mamlakatning musulmonlari bunga tosqinlik qilishdi, deb xabar berdi «RBK».

Yonish akti rasmiylar bilan kelishilgan holda Arnem shahrida bo’lishi kerak edi. Biroq musulmonlar aksiyadan xabar topib, Qur’onni yoqilishi rejalashtirilgan shahar maydoniga yetib kelishdi.

Arnem meri Ahmad Markush yig‘ilganlarni maydonni tark etishga chaqirgan, biroq ular rad javobini berganidan keyin u politsiyani chaqirgan.

Vagensveld namoyishchilar politsiya tomonidan tarqatib yuborilayotgan paytda aksiyani o‘tkazishga uringan. Biroq, musulmonlar Vagensveldga etib borishga muvaffaq bo’lishgan va aksiyani bartaraf etishgan.

Politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lgan. To‘qnashuvlar davomida bir necha politsiyachi va Vagensveldning o‘zi yaralangan.

«Muqaddas kitobni yoqish musulmonlarda qanday qayg‘u tuyg‘unisi uygo’tishini tushunaman. Lekin zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», – deya izoh berdi Markush vaziyatga.

PEGIDA (Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi) Germaniyada paydo bo‘lgan o‘ta o‘ngchi islomga qarshi harakatdir. Saksoniya (Germaniya) hukumati tomonidan ekstremistik tashkilot deb tan olingan.

O‘tgan yozda Yevropa davlatlarida Qur’onni yoqish harakatlari sodir bo‘lgan edi. Bunday aktlardan biri Stokgolmda sodir bo’ldi.

Bu musulmon dunyosida kuchli reaktsiyaga sabab bo’ldi. 2023-yil iyul oyida «Mahdiy armiyasi» rahbari Muqtada as-Sadra tarafdorlari Shvetsiyaning Iroqdagi elchixonasiga hujum qilib, elchixona binosini yoqib yuborishdi.

Islom hamkorlik tashkiloti jahon hamjamiyatini bunday harakatlarning oldini olish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Qur’onning yoqib yuborilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qoralangan.

Avvalroq, «Kursiv» Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kengashi muqaddas kitoblarni yoqishga qarshi rezolyutsiya qabul qilgani haqida yozgan edi.