Qamchiq dovonini quyuq tuman qopladi

eʼlon qilindi
Haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish soʻralmoqda
Foto: Piqsels

Qamchiq dovonida quyuq tuman tushdi, deb xabar qildi OʻzR Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (YHXX).

Buning natijasida yoʻlning koʻrinish masofasi qisqarib, dovon boʻylab harakatlanish sezilarli darajada qiyinlashgan. Haydovchilardan xavfsizlik choralarini koʻrish va yoʻl harakati qoidalariga amal qilish soʻralmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir va qor yogʻishi maʼlum qilingan. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati -8…-13 daraja sovuqqacha tushishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» oʻtgan hafta Qamchiq dovonida qor yoqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek