Toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Yaroslavl viloyati va Oʻzbekistonni bogʻlaydi

eʼlon qilindi
Tunoshna aeroportidan parvozlar tashkil etiladi
Foto: «Perviy Yaroslvskiy» telekanali

Yaroslavl Tunoshna aeroporti Oʻzbekistonga reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi TASS agentligiga Yaroslavl viloyati gubernatori Mihail Yevraev.

Shuningdek, Tunoshnadan Armaniston, Belarus, Turkiya va Rossiyaning boshqa shaharlariga, xususan, Moskva va Yekaterinburgga parvozlarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

2023-yil yozida Yaroslavl viloyati rahbari O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yish tarafdori edi.

Tunoshna aeroporti 1998-yildan beri ishlaydi va Tunoshna qishlog‘ida joylashgan. 2023-yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra aeroport 18,7 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Avvalroq, «Kursiv» Centrum Air Termiz va Jidda o‘rtasida havo qatnovini yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek