Xitoy TIV: Tayvandagi saylov natijalari “yagona Xitoy” tamoyiliga taʼsir koʻrsatmaydi

eʼlon qilindi
Birlashish jarayoniga xalal berishga uringanlarni esa “qatʼiy jazo” kutadi
Foto: Unsplash

Tayvandagi saylov jarayonlaridan keyin ham «yagona Xitoy» xalqaro konsensusi oʻzgarishsiz qoladi. Bu haqida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I maʼlum qildi.

Siyosatchining taʼkidlashicha, Tayvanning mustaqillikka erishishi oʻtmishda imkonsiz masala boʻlgan va bu kelajakda ham shunday boʻlib qoladi. Bundan tashqari, kimda kim mustaqillikka intiladigan boʻlsa, «qatʼiy jazolanadi».

«Biz xalqaro hamjamiyat “yagona Xitoy» tamoyiliga amal qilgan holda milliy birlashuvga intilish va Tayvan mustaqilligiga erishish yoʻlidagi separastik harakatlarga qarshi turishda Xitoy xalqini qoʻllab-quvvatlashidan umidvormiz”, – dedi Van I.

Avvalroq, «Kursiv» Tayvandagi saylovda Demokratik taraqqiyot hukmron partiyasi nomzodi Lay Sinde gʻalaba qozongani haqida yozgan edi.

Shuningdek