2023-yilda iqtisodiyot 6 foizga oʻsdi – Shavkat Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Prezidentning taʼkidlashicha, mazkur yoʻnalish boʻyicha 2024-yilga ham katta rejalar belgilangan
Foto: O‘zR Prezidenti matbuot xizmati

2023-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotida 6 foizlik oʻsish koʻrsatkichi qayd etildi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar boʻyicha videoselektor vaqtida maʼlum qildi.

Prezidentning taʼkidlashicha, mazkur yoʻnalish boʻyicha 2024-yilga ham katta rejalar belgilangan, ularni amalga oshirish uchun esa iqtisodiy kompleks qattiq ishlashi kerak.

Davlat rahbari iqtisodiy kompleksda 40 nafar rahbar oʻrinbosarlari borligi, biroq ularga zamonga mos fikrlash va qarorlar qabul qilishda tezkorlik yetishmayotganini tanqid qildi.

Prezident shundan kelib chiqqan holda tizimni qayta koʻrib chiqib, mazkur kompleksdagi oʻrinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish boʻyicha takliflar kiritishga topshiriq berdi.

Shuningdek