Prokuratura huzuridagi departamentga tergov qilish vakolati beriladi

eʼlon qilindi
Prezident departamentning tergov yuritish vakolati yoʻqligi uning samarali ishlashiga toʻsqinlik qilib kelganini taʼkidladi
Foto: O‘zR Prezidenti matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta tarqoq organ shugʻullanib kelayotgani, shu boisdan ushbu jarayonni yangi pogʻonaga olib zarurligini maʼlum qildi.

Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, departamentning tergov yuritish vakolati boʻlmagani va qonunlarda juda koʻp huquqiy kolliziyalar mavjudligi ish samaradorligiga salbiy taʼsir qilib kelgan.

Mavjud sabablarning barchasini hisobga olgan holda departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va oʻzi tergov qiladigan idoraga aylantiriladi. Uning rahbari bir vaqtning oʻzida Bosh prokuror oʻrinbosari boʻladi.

Avvalroq, «Kursiv» bosh vazirga 8 ta tuman hokimini oʻz lavozimiga loyiqligi masalasini hal qilish topshirilganligini yozgan edi.

Shuningdek