Endilikda rahbarlarning ish haqi KPIning bajarilishiga bogʻliq boʻladi

eʼlon qilindi
Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi
Foto: O‘zR Prezidenti matbuot xizmati

Endilikda iqtisodiy kompleks rahbarlarining ish haqi oylik, choraklik va yillik samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ijrosiga bogʻliq boʻladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda davom etayotgan videoselektorda maʼlum qildi.

Rahbarlarga xalqqa murojaat qilib, oʻz rejalarini odamlarga sodda tilda tushuntirib berish uchun 1 hafta vaqt ajratildi.

Prezidentning taʼkidlashicha, endilikda vazir oʻrinbosarlarining 70 foiz ishi tumanlarda boʻladi va belgilangan rejalarga erishish uchun qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. Ular har hafta Hukumat rayosati, har chorakda Oliy majlisda hisobot beradilar.

Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil etganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek