Janubiy Koreyada yashovchi oʻzbekistonliklar soni 87 ming kishidan oshdi

eʼlon qilindi
2023-yil oxiridagi holatga koʻra
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston fuqarolari Janubiy Koreyadagi xorijiy diasporalar soni boʻyicha beshinchi oʻrinni egallamoqda. 2023-yil oxiridagi holatga koʻra mamlakatda 87,6 ming oʻzbekistonlik hayot kechiradi. Bu haqida «Yonhap» agentligi maʼlum qildi.

Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi oʻzbekistonliklarning yettidan bir qismi – 12,5 ming kishi oliygoh talabalari hisoblanadi.

Oʻtgan yilning soʻnggi oyidagi maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Koreyada 2,5 million xorij fuqarosi istiqomat qiladi. Ularning aksariyat qismini xitoyliklar (942,3 ming), vyetnamliklar (271,7 ming) va tailandliklar (202,1 ming) tashkil etadi.

2022-yilda Janubiy Koreyada 69 ming Oʻzbekiston fuqarosi istiqomat qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» 2024-yilda Janubiy Koreya Ye-9 vizasiga asosida rekord darajadagi mehnat muhojirlarini qabul qilishi haqida yozgandi.

Shuningdek