O‘zbekistonda ko‘mir qazib olishni 20%dan ko‘proqqa oshirishmoqchi

eʼlon qilindi
Bu haqda Mirziyoyev bilan uchrashuvda ko‘rsatma berildi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha mamlakatda geologiya-qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish hajmini oshirish rejalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tadbirda prezidentimiz ko‘mir qazib olishni 22%ga oshirish zarurligiga e’tibor qaratdi. Buning sababi sifatida aholi va sanoatning o‘sib borayotgan ehtiyojlari ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda geologiya sohasiga har yili 1 trln so‘mga yaqin sarmoya kiritiladi. So’nggi bir necha yil ichida 31 ming kvadrat metr maydonda geologik qidiruv ishlarini olib borish mumkin bo‘ldi. Sohada 1,7 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish 2023-yilning 11 oyi davomida deyarli 20%ga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek