Turkiyalik investor Sirdaryoda issiqxonalar qurishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
500 mln dollar sarmoya kiritiladi
Foto: Unsplash

«Minessi A.S» (Turkiya) kompaniyasi Sirdaryo viloyatida qiymati yarim milliard AQSh dollariga teng issiqxonalar majmuasini qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Majmua to‘rt blokdan iborat bo‘ladi. Ularning har biri muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiradi.

Issiqxonalarda yetishtirilgan meva, sabzavotlar va gullar Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beriladi.

Issiqxonalarda mahsulotlarni qadoqlash uchun maydonlar tashkil etish rejalashtirilgan. Karton va plastmassa idishlar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Majmuani elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun quyosh panellari va shamol generatorlaridan foydalaniladi. 10 MVt quvvatga ega elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.

Avvalroq, «Kursiv» issiqxonalar qurishda suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilishini yozgan edi.

Shuningdek